◈ GKS (Global Korea Scholarship) bitiruvchilar uyushmasi
- Maqsadi: O‘zbekistondagi GKS bitiruvchilari o‘rtasida tarmoq (network)ni shakllantirish orqali Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi
almashinuv hamkorligini kengaytirish hamda GKS bitiruvchilari markazida ta’limiy hamkorlik loyihalarini rivojlantirish.
◦ Bitiruvchilar uyushmasi holati
| Bo'lim | Holati |
| Uyushma tashkil
etilgan sana |
2013. 7. 3.
|
| Uyushma rahbariyati |
Rais (1), Rais o‘rinbosari (2), Kotib (1)
|
| Bitirubchilar soni |
289 nafar (2025.3.1 holatiga ko‘ra)
|
◈ GKS (Global Korea Scholarship) bitiruvchilar uyushmasining asosiy faoliyati
1. GKS bitiruvchilari uchrashuvlari
- Toshkent Koreya Ta’lim Markazi va GKS bitiruvchilar uyushmasi o‘rtasida muloqot va hamkorlikni rivojlantirish
- Yangi GKS bitiruvchilarini uyushmaga jalb qilish, uchrashuv va suhbatlar tashkil etish
2. Koreyada ta’lim olish bo‘yicha yarmarka va taqdimotlarni o‘tkazishga ko‘maklashish
- O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Koreyada ta’lim olish yarmarkalarida GKS dasturi bo‘yicha axborot stendini tashkil etish
- O‘zbekistondagi maktablarga tashrif buyurib, Koreyada ta’lim olish bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazish
3. GKS grantini qo‘lga kiritgan talabalar uchun moslashuvni qo‘llab-quvvatlash
- GKS grantini qo‘lga kiritgan talabalar (bakalavr, magistratura, doktorantura) uchun Koreyaga jo‘nab ketishdan oldin ’tayyorgarlik seminarlari (workshop)
tashkil etish
- Koreyada talabalik hayotiga moslashish jarayonida yordam ko‘rsatish