page-home-title

Kirish so'zi

Toshkentdagi Koreya ta'lim markaziga tashrifingizni
chin dildan qutlaymiz!

greeting

Toshkent Koreya Ta’lim Markazi Koreya Respublikasi Ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan xorijdagi ta’lim muassasasi bo‘lib, Koreya Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan 1992-yil 27-may kuni Toshkent shahrida o‘z faoliyatini boshlagan. Bugungi kunda Toshkent Koreya Ta’lim Markazi dunyodagi eng yirik Koreya ta’lim markazi hamda Koreya Respublikasi Ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan tayanch ta’lim markazlaridan biri hisoblanadi. Markaz O‘zbekistonda koreys tili va koreys madaniyatini keng targ‘ib etish, ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlik va almashinuvni rivojlantirish, Koreyada tahsil olish istagidagi talabalarni qo‘llab-quvvatlash, Koreys tili bilim darajasini aniqlash testi (TOPIK)ni tashkil etish kabi muhim vazifalarni amalga oshirib kelmoqda. Shuningdek, ta’lim sohasini asosiy tayanch sifatida ko‘rgan holda, Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda. Kelgusida ham Toshkent Koreya Ta’lim Markazi jamoasi Koreya Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi ta’lim hamda madaniyat sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash yo‘lida o‘z faoliyatini izchil davom ettiradi. Markazimiz ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirishga munosib hissa qo‘shish uchun bundan buyon ham astoydil sa’y-harakat qiladi. Sizlarning doimiy e’tiboringiz va qo‘llab-quvvatlashingiz uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz. Rahmat.

Toshkent Koreys ta'lim markazi jamoasi